Iroqning IShID nazoratida bo‘lgan shimoliy qismidan qochgan kamida 17 kishi 4-noyabr, juma kuni yo‘lga qo‘yilgan portlovchi qurilmalar harakatga kelishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Iroq politsiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ichki qochoqlar kolonnasi Mosul shahridan 120 kilometr janub tomondagi yo‘lda ketayotgandi. Yo‘l chetidagi mina portlashi tufayli ichida odamlar bo‘lgan yuk mashinasi butkul yo‘q bo‘lib ketdi.
Kolonnani kuzatib borgan politsiyachi ham halok bo‘lgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)