Volvo kompaniyasi S90 sedanini ishlab chiqarishni Shvetsiyadan Xitoyga ko‘chirishini e’lon qildi va mazkur modelning mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan yangi versiyasini taqdim etdi. Kompaniya uni “Xitoyda chiqarilgan eng hashamatli mashina” deb atamoqda. Bu haqda Motor xabar berdi.
Volvo S90 Excellence ilk bor o‘tgan yil bahorida namoyish etilgan Lounge Console interyeriga ega bo‘ladi. Uning asosiy xususiyati oldi yo‘lovchi o‘tirgichi yo‘qligi bo‘lib, buning o‘rniga oyoq qo‘yish mumkin bo‘lgan poyafzal saqlash qutisi o‘rnatilgan. Qutiga katta sensor ekranli multimedia kompleksi o‘rnatilgan.
Orqa tomon o‘tirgichlari muzlatgich bilan ajratilgan. Salon jihozlari qatoridan yig‘ishtiriladigan stolchalar va Orrefors kompaniyasining qandil qadahlari ham o‘rin olgan.
Volvo S90 Excellence to‘qnashuvlarning oldini olish City Safety va soatiga 130 kilometgacha tezlikda avtomobilni mustaqil boshqara oladigan Pilot Assist tizimi bilan jihozlangan.
“Eng hashamatli mashina”ning ommaviy taqdimoti Guanchjoudagi motorshouda bo‘lib o‘tadi, ishlab chiqarilishi esa 2017-yil avvalidan boshlanadi.
Izoh (0)