“Toshkent — Yangiyo‘l” yo‘lida 27-oktabr, payshanba kuni Spark avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Yo‘l yoqasidagi beton ustunga urilgan Spark qayta tiklab bo‘lmas holatga kelgan. Hodisa aynan qanday yuz bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Avtomobil haydovchisi omon qolgani aytilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)