AQShning Consumer Reports nashri avtomobillarning ishonchlilik reytingini tuzdi. Tahlilchilar bu borada mashina egalarining internet orqali so‘rovi natijalariga tayandi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” axborot xizmati xabar bermoqda.
Amerikaliklar nazdida eng ishonchli avtomobillar birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan yapon modellari bo‘lib chiqdi: Lexus va Toyota kamdan-kam buzilgan va pand bergan. Shuningdek, ishonchga sazovor mashinalar ro‘yxatida Buick, Audi, Kia, Mazda, Hyundai va Infiniti qayd etilgan.
Reytingdagi 29 brend orasida Dodge, Ram, Fiat va Chrysler eng past ko‘rsatkichlar bilan baholandi. Birinchi bor ro‘yxatga kiritilgan Tesla ham ishonchsiz avtomobillar qatoridan o‘rin oldi.
O‘tgan yilga nisbatan Infiniti eng yuqori o‘sishga erishdi: kompaniya avtomobillari bir yo‘la 16 qator yuqoriladi va 8-o‘rinni egaladi. Subaru, Volvo va Volkswagen esa mavqelarini sezilarli darajada boy berdi.
Izoh (0)