Ijtimoiy tarmoqlarda 28-oktabr kuni Toshkentda yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatlari aks etgan suratlar tarqaldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, “Gazel” yuk mashinasi va Mercedes-Benz yengil avtomobili ishtirokidagi avtohalokat 28-oktabr kuni tongda Samarqand Darvoza savdo markazi yaqinida yuz bergan.
To‘qnashuv natijasida ayniqa Mercedes-Benz avtomobili o‘nglab bo‘lmas ahvolga kelgan. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, YTH oqibatida kamida uch kishi (har ikkala avtomobil haydovchisi va Mercedes’dagi bir yo‘lovchi) halok bo‘lgan.
Avariya qanday yuz bergani noma’lum. “Qalampir.uz”ning yozishicha, hozircha mazkur avtohalokat yuzasidan tegishli idoralar rasmiy axborot berganicha yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)