• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sarvar Otamuratov: Qoraqalpog‘istondagi madaniy meros obyektlarini YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish — asosiy vazifamiz

    2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida saylovchilar va keng jamoatchik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zMTDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi Axborot xizmati ma’lum qildi.

    Sarvar Otamuratov. Foto: “Milliy tiklanish”

    Sarvar Otamuratov. Foto: “Milliy tiklanish”

    Uchrashuvda turli sohalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, mahalla faollari, partiya a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarining saylovchilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili Tajibay Romanov ishtirokchilarga Sarvar Otamuratovni tanishtirdi va uning tarjimai holiga to‘xtalib o‘tdi.

    Prezidentlikka nomzod S. Otamuratov so‘zga chiqib, saylovchilarni saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar bilan tanishtirdi.

    Nomzod “Milliy tiklanish — avvalambor milliy o‘zlikni anglash demakdir”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi — bosh vazifamiz”, “Farzandlari sog‘lom va barkamol yurt qudratli bo‘lur”, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”, “Barkamol avlod — millat tayanchi” tamoyili ostida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, axborot, sport va tashqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilanganini aytib o‘tdi.

    Xususan, saylovoldi dasturida madaniy meros obyektlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarixiy obidalar va ziyoratgohlar juda ko‘p. Ular qatorida Beruniy tumanidagi Sulton Uvays qal’asini, Xo‘jayli tumanidagi Mizdahkon arxeologiya yodgorligini, Ellikqal’a tumanidagi Tuproq qal’ani va boshqa madaniy meros obyektlarini aytish mumkin.

    Shuningdek, I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi va Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyida juda qimmatli qo‘lyozmalar, eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlari saqlanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bunday ulug‘vor tarixiy merosni asrab-avaylash va hisobga olish bo‘yicha muayyan ishlar qilingan. Ammo O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi va Jo‘qorg‘i Kengasdagi fraksiyasi a’zolari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi O‘zMTDP guruhlarining nazorat-tahlil faoliyati shuni ko‘rsatdiki, hali bir qator madaniy meros obyektlar hisobga olinmagan, eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlari to‘liq toifalashtirilmagan.

    “Ana shulardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi madaniy meros obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, hisobga olish ishlarini takomillashtirish zarur. Muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boshqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obyekti belgilariga ega bo‘lgan eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarining to‘liq toifalashtirish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish lozim. Kerak bo‘lsa, ularning YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirmaganlarini unga kiritishda faollik ko‘rsatish — asosiy vazifamizdir”, — dedi nomzod.

    Sarvar Otamuratov e’tirof etib o‘tganidek, mamlakatda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor berib kelinmoqda. Ularning jismonan sog‘lom avlod bo‘lib voyaga yetishi, ularning kelajagi haqida qayg‘urgan nomzod saylovoldi dasturida sportning barcha turlari, ayniqsa Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan hamda milliy turlarini har tomonlama qo‘llab-quvatlashni, bolalar sportini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

    Shuningdek, nomzod uchrashuvda saylovoldi dasturining boshqa sohalari xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi. S. Otamuratov ilgari surayotgan vazifalar saylovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

    Uchrashuvda ishtirokchilar nomzodning saylovoldi dasturiga o‘z munosabatini bildirdi. Saylovchilar aytib o‘tganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ayniqsa chekka va olis hududlarda bu borada o‘z yechimini kutayotgan masalalarning mavjudligi ayni haqiqat. Nomzod ilgari surayotgan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni davlat hisobiga olish, moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritishga xizmat qiladi.

    Uchrashuv ishtirokchilari nomzodning sportning milliy turlari hamda bolalar sportini rivojlantirish borasidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatladi. Qoraqalpog‘istonlik ko‘p ming sonli yoshlar va sportchilar uchun milliy qadriyatlar, matonat, jasorat, vatanparvarlik va insonparvarlik asoslarini o‘zida yorqin mujassam etgan va bugun dunyoning 130 ga yaqin mamlakatida kurash federatsiyalari tashkil etilganligini hisobga olib, o‘zbek kurashini Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish maqsadida xalqaro Kurash federatsiyasi, Xalqaro va Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan aloqani har taraflama mustahkamlash dolzarb vazifa ekanligini e’tirof etdi.

    Nomzodning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlab Qorao‘zak tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi xodimi Q. Razbekov, Mang‘it iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi M. Yusupova, Nukus shahridagi 31-sonli maktab direktori V. Kalenova va boshqalar so‘zga chiqdi.

    Uchrashuv so‘ngida S. Otamuratov ishtirokchilar tomonidan uning tarjimai holi va saylovoldi dasturi yuzasidan berilgan bir qator savollarga javob berdi.

    02.11.2016, 19:06   Izoh (0)   6214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YXHT/DIIHB missiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatishni boshladi

    02.11.2016, 18:30

    O‘zbekiston aeroportlarida jonivorlar shaxsan egalarining qo‘liga topshiriladigan tartib o‘rnatildi

    02.11.2016, 17:35

    Markaziy saylov komissiyasida YeXHT DIIHBning saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    02.11.2016, 12:28

    Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasiga eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahridan tushgan

    02.11.2016, 12:09

    “O‘zbektelekom” kompaniyasi rahbari o‘zgardi

    02.11.2016, 11:45

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovning Dasturi

    02.11.2016, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.