O‘zbekiston telekommunikatsiyalar milliy operatori “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktori Shuhrat Qodirov bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” kompaniya saytiga tayanib.
O‘tgan yilning martidan Shuhrat Qodirov UzMobile mobil aloqa milliy operatori (“O‘zbektelekom” filiali) direktori bo‘lib ishlagan.
Yangi lavozimda u 2013-yil martidan buyon ishlab kelayotgan Abdurashid Abdumo‘minov o‘rnini egalladi.
Izoh (0)