Italiyadagi Kolizey tarixiy yodgorligi nazoratchisi Franchesko Prosperetti mamlakatda yaqinda kuzatilgan zilziladan so‘ng dunyoga mashhur ushbu inshoot vayron bo‘lishi bo‘yicha jiddiy xavf yuzaga kelganini aytdi, deb yozadi TJournal.
Gazetalardan biriga bergan intervyusida Prosperetti har bitta yangi zilzila ikki ming yillik inshootga yanada xavfliroq yukka aylanayotganini, “yoriqlar kattalashayotgani”ni ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-oktabr kuni Kolizey ko‘zdan kechirilgan, natijalarga ko‘ra esa yodgorlikning Palatinga qaragan qismini tashrifchilar uchun yopishga qaror qilingan. Binoning qolgan qismi hamon ochiq qolmoqda.
Arxeologlar esa qadimgi rimliklar Italiyada zilzilalar bilan yaxshi tanish bo‘lgani va binolarni zilzilalar ehtimolini hisobga olgan holda barpo etgani haqida fikr bildirmoqda.
Izoh (0)