Yevropa Chempionlar Ligasi turnirining guruh bosqichi 4-turidan so‘ng pley-off bosqichiga yo‘l olgan to‘rt jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
“Sports.ru”ning ma’lum qilishicha, “A” guruhidan “Arsenal” va “PSJ” pley-off bosqichiga muddatidan avval yo‘l oldi. Har ikki jamoada 10 ochkodan mavjud. Ushbu guruhdagi “Ludogorets” va “Bazel”da 1 ochkodan bor.
“D” guruhidan Madridning “Atletiko” va “Bavariya” klublari ham keyingi bosqichiga chiqdi. Madrid klubi o‘tkazilgan barcha 4 o‘yinda g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan pley-off masalasini ijobiy hal qildi.
“Bavariya” hisobida 9 ochko mavjud va myunxenliklar ham qolgan ikki o‘yin natijasidan qat’i nazar pley-offga chiqdi. Mazkur guruhdagi “Rostov” va “PSV” Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Ma’lumot uchun, 3-noyabrga o‘tar kechasi YChL turnirining “E”, “F”, “G” va “H” guruhlarida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)