Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerga yoshlar jamoasida o‘ynashni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, yoshlar jamoasi murabbiyi Uorren Joys futbolchini o‘rinbosarlar tarkibida to‘p surishiga ruxsat berilishini so‘ragan.
Biroq asosiy jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo Shvaynshtayger “Manchester Yunayted”ning hech bir jamoasi uchun o‘ynamasligini ma’lum qilgan.
32 yoshli germaniyalik futbolchi 2015-yili “MYu”ga o‘tgan edi. Joriy mavsum u hali birorta o‘yinda ham maydonga tushgani yo‘q.
O‘tgan mavsum Shvaynshtayger turli musobaqalara jami 31 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)