AQSh harbiy-dengiz kuchlarining qurilish xarajatlari 2,7 milliard dollarni tashkil etgan USS Illinois atom suv osti kemasi rasman safga qo‘shildi. Mamlakatning birinchi xonimi Mishel Obama ishtirokidagi bunga bag‘ishlangan marosim 29-oktabr, shanba kuni Grotondagi (Konnektikut shtati) harbiy kemasozlik zavodida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Oldinroq kemaga nom berishda (submarina Mishel tug‘ilgan shtat nomi bilan atalgan) ishtirok etgan va shu tariqa uning homiysi sanaladigan prezident rafiqasiga kemani ishga tushirishga ko‘rsatma berish huquqi taqdim etildi.
“Illinois harbiy-dengiz kuchlarimizdagi eng zamonaviy suv osti kemasi. U istalgan vazifani — qidiruv-qutqaruv operatsiyalaridan tortib ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishgacha qodir”, — ta’kidladi birinchi xonim.
Izoh (0)