Isroilda mahalliy harbiylarga hujum uyushtirgan falastinlik yarador qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Isroil armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Ofra qishlog‘i oldidagi harbiy baza tashqarisida yuz bergan.
Haaretz nashrining yozishicha, falastinlik erkak dastlab avtomobilda askarlarni bosib ketmoqchi bo‘lgan. Harbiylar unga qarata o‘t ochganidan so‘ng, mashinadan tushib, askarlardan biriga pichoq bilan hujum qilgan.
Shundan so‘ng hujum qilgan shaxs yarador qilingan. Hozirgi vaqtda u shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)