Iroq armiyasi janubiy yo‘nalish bo‘ylab Mosulga yurishni davom ettirmoqda. “Interfaks” xabariga ko‘ra, harbiylar 29-oktabr kuni Shura shahrida IShID jangarilaridan ozod qilgan.
Shuraga kirishdan avval, harbiylar shaharni artilleriya va havo kuchlari yordamida ayovsiz o‘qqa tutgan.
Mahalliy harbiy qo‘mondonlarning so‘zlariga ko‘ra, shahar qariyb jangsiz olingan — terrorchilaring ko‘pchiligi hafta boshida, tinch aholi vakillaridan “tirik qalqon” sifatida foydalanib, shaharni tark etib bo‘lgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)