Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy kuchlarni taqsimlash uchun Mosulga hujum to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda, “As-Sumariya” telekanaliga tayanib, “TASS” ma’lum qildi.
“Mosul uchun jang davom etmoqda, shaharni jangarilardan tozalamaguncha ortga qaytish yo‘q. Hujum frontlardan hech birida to‘xtatilmagan”, — bayonot berdi bosh vazir.
Xalqaro koalitsiya vakili 28-oktabr, juma kuni Iroq qo‘shinlari bir qator yo‘nalishlarda kuchlarni taqsimlash uchun ikki kunlik tanaffus olganini bildirgandi. Biroq mamlakat mudofaa vazirligi va aksilterror bo‘linmalari operatsiya vaqtincha to‘xtatilishi haqida buyruq berilmaganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)