Yaponiya imperator oilasining eng keksa vakili shahzoda Mikasa 101 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shu yil may oyidan beri u Tokiodagi kasalxonalardan birida o‘tkir o‘pka yallig‘lanishi tashxisi bilan davolanayotgandi. Shahzoda oldinroq bir necha og‘ir, xususan, yurak bilan bog‘liq operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan.
Mikasa Yaponiyaning amaldagi imperatori Akixitoning amakisidir. Ikkinchi jahon urushi yillarida u mamlakat tomonidan bosib olingan Xitoydagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan. Yaponiya taslim bo‘lganidan so‘ng o‘zini tadqiqotchilik faoliyatiga bag‘ishlagan, jumladan, qadimgi Misr tarixi bilan shug‘ullangan, sportchi va jamoat arbobi sifatida tanilgandi.
Izoh (0)