Xitoy tomonidan import qilinadigan neft hajmi joriy yil 9 oyi davomida 14 foizga, 283,51 million tonnagacha ko‘paydi. Narx borasida esa 20,7 foizga, 83,25 milliard dollargacha pasayish kuzatildi. Mamlakat bojxonasi materiallari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Hisobot davrida Xitoyga neft eksporti hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistoni (38,75 million tonna, 11,39 milliard dollar), daromadi jihatidan esa Rossiya (38,09 million tonna, 11,68 milliard dollar) yetakchi o‘rinni egalladi.
9 oy davomida Xitoyga Angoladan 34,39, Ummondan 26,24, Iroqdan 26,51 million tonna neft yetkazib berilgan.
2016-yilning yanvar—sentabr oylarida Xitoyga yetkaziladigan neftning o‘rtacha narxi 128,5 dollarga pasayib, tonnasi uchun 293,6 dollarni tashkil etdi. Eng past qiymat tonnasi uchun 216 dollar (Venesuela), eng yuqori narx esa 353 dollarga (Avstraliya) teng bo‘ldi.
Izoh (0)