AQShda neftning tijoriy zaxiralari hafta davomida 0,5 millionga, 468,2 million barrelgacha kamaydi. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Bloomberg so‘rov o‘tkazgan tahlilchilar zaxiralar 1,7 million barrelga o‘sishini kutgandi.
Mazkur ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng neft bahosi pasayishi sezilarli darajada kamaydi. Londonning ICE birjasida dekabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neftning narxi oldingi savdolarga nisbatan 0,4 foizga pasayib, bir barreli uchun 50,6 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)