Agarda Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lsa, Rossiya o‘z xavfsizligini ta’minlash yo‘lida qo‘shimcha choralarni ko‘radi. Bu haqda, RF TIVga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq Shvetsiya va Finlyandiya mudofaa vazirlari NATO davlatlari harbiy idoralari rahbarlarining Bryusseldagi uchrashuvida ishtirok etgani ma’lum bo‘lgan edi. RF TIV vakili mazkur yangilikka izoh berib o‘tdi.
“Bugungi kunda mintaqada real harbiy tahdidlar ko‘rinmayapti, Finlyandiya va Shvetsiyaning proatlantik tanlovi tarafdorlari nimalar o‘ylab topishidan qat’iy nazar, bu bizning ishonchimiz. Biz ochiq aytamizki, Xelsinki va Stokgolmning NATOga qo‘shilishi barqarorlikni buzib, mintaqadagi kuch muvozanatini o‘zgartiradi, bu esa bizni o‘z xavfsizligimizni ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga majbur qiladi”, — ma’lum qildi agentlikning manbasi.
Izoh (0)