Rossiya o‘zining barcha kimyoviy qurol zaxiralarini 2017-yil dekabriga qadar to‘liq yo‘q qilib bo‘ladi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Rossiya Kimyoviy qurolni xavfsiz saqlash va yo‘q qilish federal boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Valeriy Kapashinning ma’lum qilishicha, bu borada yakuniy qaror qabul qilingan va imzolangan.
Umumiy hisobda, Udmurtiyadagi “Kizner” obyektida SSSR zamonidan qolib ketgan 2 milliondan ortiq snaryadlar yo‘q qilinishi lozim. 2016-yil oktabriga qadar jangovar zaharlovchi moddalar zaxirasining 95 foizi yo‘q qilingan edi.
Avvalroq Udmurtiyadagi obyekt rahbari Yuriy Novoydarskiy Rossiyadagi kimyoviy qurol zaxirasi 2018-yil dekabrigacha to‘liq yo‘q qilinishini aytib o‘tgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)