Arxeologlar Quddusdagi Bo‘sh Qabrda Masih lojasining marmardan ishlangan dafn plitasini yechib oldi. Bu haqda International Business Times nashri xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar 1555-yilda o‘rnatilgan marmar plita ostida ko‘p miqdorda tosh materiallarni topdi.
Milliy jug‘rofiya jamiyati a’zosi hisoblangan arxeolog Fredrik Gibertning so‘zlariga ko‘ra, olimlar rivoyatlarda Iso Masih tanasi yotqizilgan joy deb aytiladigan tosh sath aslida qanday bo‘lganini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Xabar berishlaricha, Bo‘sh Qabrdagi restavratsiya ishlari 2017-yil bahorida yakuniga yetishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)