21-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Malayziyadan O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchilarga Galaxy Note 7 ni samolyot bortiga olib chiqish taqiqlandi. “Ushbu koʻrsatmaga qat’iy rioya etishingizni soʻraymiz”, — deyiladi aviakompaniya murojaatida.
2. Toshkentda favvorali xiyobonga aylantirish maqsadida yopilgan ko‘cha ikki oy o‘tib yana avtoyo‘lga aylantiriladigan bo‘ldi. Buzilgan yo‘lda qurilgan favvora endi buzilmoqda.
3. Samarqandda tramvay yo‘li qurilishi boshlandi: yo‘lning birinchi navbati Siyob bozoridan emas, shahar vokzalidan boshlanadi.
4. O‘zbekiston bosh vaziri qabulxonasiga bir kunda nechta qo‘ng‘iroq bo‘lmoqda? Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga 19-oktabr kuni 19 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
5. Avstraliyalik fuqaroning mashinasi iPhone 7 ning portlashi oqibatida yonib ketdi. Apple vakillari hodisadan xabardor ekanini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)