O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakillari 21-oktabr, juma kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Prezidentligiga nomzodi hujjatlarini topshirdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Respublikasiga Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi ma’lum qildi.
Tadbirda komissiya a’zolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni bir hafta mobaynida tekshirib chiqadi va ularning qonunga muvofiqligi tug‘risida xulosa beradi.
Komissiyada imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga komissiya a’zolari, jamoat tashkilotlarining vakillari, ichki ishlar, adliya idoralari mutaxassislari kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2016-yil 14-oktabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida partiya markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Ketmonov O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib tasdiqlangandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)