Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliya fuqarosi Met Jonsning avtomobili iPhone 7 smartfonining portlashi oqibatida yonib ketdi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech Mail.ru”.

Foto: “Hi-Tech Mail.ru”

Foto: “Hi-Tech Mail.ru”

Qurilma egasining ma’lum qilishicha, u iPhone 7 ni avtomobil saloni ichidagi kiyimlar orasida qoldirib, syorfing bilan shug‘ullanishga ketgan. Qaytib kelganida esa dahshatga tushgan: uning mashinasi salonidan tutun chiqayotgan edi.

Foto: “Hi-Tech Mail.ru”

Foto: “Hi-Tech Mail.ru”

Avtomobil salonining qariyb yarmi yonib ketdi. Jons yong‘inni bartaraf etganidan so‘ng mashinani sinchiklab tekshirdi va aynan iPhone 7 yong‘inga sababchi bo‘lgan deb hisobladi.

Met Jonsning aytishicha, u hech qachon qalbaki quvvatlantiruvchi qurilmalardan foydalanmagan.

Apple vakillari hodisadan xabardor ekanini ma’lum qildi va voqea sabablarini o‘rganish uchun Jons bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi