22-oktabr, shanba kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi, qariyb butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 22-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -8...-3 daraja sovuq, Toshkent shahrida 0...+2 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0...+5 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1...+6 daraja, qolgan barcha hududlarda -2...+3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Shanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati -2...+3 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +4...+9 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +7...+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +8...+13 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +5...+10 darajagacha iliq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonning Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarida tuman tushishi kutilmoqda. Toshkent shahrida 22-oktabrga o‘tar kechasiva 22-oktabr kuni tongda yomg‘ir yog‘ishi, so‘ng qorga aylanishi ehtimoli bor.
Bundan tashqari, mamlakatning tog‘li hududlarida, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)