O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov 2016-yilning 20-oktabr kuni Xitoy Davlat kengashinining o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligiga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Chjan Gaolining qayd etishicha, Xitoy O‘zbekiston bilan aloqalarga katta e’tibor qaratadi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin O‘zbekiston rahbariyati bilan do‘stona va yaqin aloqada.
Gaoli yana shuni qo‘shimcha qildiki, Xitoy va O‘zbekiston rahbariyati mamlakat yetakchilarining kelishuvlarini amalga oshirishlari lozim hamda hamkorlikni yuqori sifatli ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma va energoresurs obyektlarining qurilishi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirishlari kerak.
Rustam Azimov O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam berayotgani uchun Xitoy hukumatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Izoh (0)