Germaniya politsiyasi Leypsigdagi 11 ta maktabni tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu haqda, Leipziger Volkszeitung nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bunga maktablarga bomba o‘rnatilgani haqidagi tahdidlar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Leypsigdan tashqari, Magdeburg, Gettingen va Osnabryukedagi maktablar tekshiriladi. Noma’lum shaxs elektron pochta orqali ushbu shaharlardagi maktablarda bomba o‘rnatilganini xabar qilgan.
“Hozircha bu yerlarda terakt tayyorlanganini tasdiqlovchi birorta dalil yo‘q”, — dedi politsiya vakili Mariya Braunsdorf.
Izoh (0)