Abxaziya televideniyesi hududida noma’lum erkak bomba portlatdi. Bu haqda respublika IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Televideniye hududida bir kishi portlab ketdi. Unda vayron qiluvchi elementlarga ega bomba bo‘lgani ko‘rinib turibdi. U bunga bir o‘zi qo‘l urmagani aniq. Abxaziyaning barcha kuch tizimlari bu ishga jalb etilgan”, — deya ta’kidladi ichki ishlar vaziri Aslan Kobaxiya.
Respublika xavfsizlik kengashi kotibi Muhammad Kilbaga ko‘ra, portlovchi qurilma kuchi 150—200 gramm trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi. Abxaziya prezidenti Raul Xajimba obyektlar, jumladan, maktab va bolalar bog‘chalari qo‘riqlanishini kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)