Kanadadagi SickKids gospitali 14-oktabr kuni YouTube’dagi kanalida “Biz g‘olib chiqamiz” shiori ostida uncha katta bo‘lmagan promo-rolik e’lon qildi, deya xabar bermoqda TJournal.
Video mualliflari davolanish jarayonini jangga qiyoslaydi — unda og‘ir kasallikka chalingan bolalar o‘limga qarshi kurashadi, shifokorlar esa hayot uchun kurashda ularga har kuni yordam ko‘rsatadi.
Reklama gospital fondiga ehson pullarini jalb etishga yo‘naltirilgan. Mazkur fond tushgan pul mablag‘larining barchasini har yili Kanada aholisi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi tadqiqotlarga sarflaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)