Tailandning qayeridadir (katta ehtimol bilan, jonivorlar ko‘rgazmasida) toshbaqa va quyon o‘rtasida poyga uyushtirildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Dastlab quyon ishonch bilan oldinda borayotgan edi, biroq keyin shovqindan qo‘rqib, to‘xtab qoldi. Quyonning bekasi uni harakatga undab yotgan bir vaqtda toshbaqa xotirjam bir holda finishga yetib keldi.
Ezop nima degandi?
Toshbaqa bilan quyon: “Qay birimiz chopag‘onmiz”, deya bahslashib qolishdi-yu, bahsni bellashuvda hal qilishga qaror berishdi.Quyon o‘zining tug‘ma chopag‘onligiga ishonib, unchalik jon kuydirmadi: yo‘l chetiga yonboshladi-yu, qattiq uyquga ketdi. Toshbaqa esa o‘zining imillab yurishini bilgani uchun beto‘xtov chopdi. Natijada bahsda g‘olib bo‘lib, mukofot oldi.
Alqissa, ko‘pincha kamolga yetkazilmagan tug‘ma iste’dod ustidan mehnatsevarlik g‘olib keladi (manba).
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)