AQShning Islom hamkorlik tashkilotidagi (IHT) maxsus elchisi vazifasini bajaruvchi Arsalan Sulaymon 17—22-oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Arsalan Sulaymon rasmiylar va diniy tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Toshkent islom universitetiga tashrif buyuradi. Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi diniy va madaniy obidalar bilan tanishadi.
Izoh (0)