Meksika hukumati “Sinaloa” narkokarteli yetakchisi Xoakin Gusman 2017-yil boshlarida AQShga ekstraditsiya qilinishini kutmoqda. Bu haqda Xavfsizlik bo‘yicha milliy komissiya rahbari Renato Sales Eredia ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
AQShning Texas va Kaliforniya shtatlari sudlari Meksikaning eng ashaddiy jinoyatchisini qasddan qotilliklar va narkotiklar savdosida ayblamoqda.
“Biz ekstraditsiya 2017-yil yanvari yoki fevralida amalga oshiriliga umid qilamiz”, — deya ta’kidlagan Eredia Televisa telekanaliga bergan intervyusida.
Biroq narkobaron advokatlaridan biri Xose Refuxio Rodriges bu taxminni shubha ostiga oldi. Uning aytishicha, Gusman o‘z himoyachilariga AQShga topshirilishiga qarshi “oxirigacha kurashish” haqida ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)