Sirt shahrida 14-oktabr, juma kuni Liviya milliy birdamlik hukumati tarafdori bo‘lgan harbiylardan kamida 14 nafari IShID jangarilari bilan qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Operatsiya davomida 13 kishi halok bo‘ldi, 25 dan 30 kishigacha jarohatlandi. Ulardan biri keyinchalik olamdan o‘tdi. Qurbonlarning aksariyati merganlarga nishon bo‘lgan va boshi hamda ko‘kragidan o‘q yegan”, — deya ta’kidladi Sirt kasalxonasi rahbari Abdullatif Abdul Ali.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)