Dog‘iston Xasavyurt shahrida yuz bergan qurolli mojaro tufayli uch kishi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 14-oktabr, juma kuni uch kishi sobiq kelishtiruvchi sudya Yunus Yasiyevning uyiga kelgan. Ular o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan va Yasiyev uyi oldida otishma uyushtirgan.
Jarohatlanganlar reanimatsiya bo‘limiga joylashtirildi. Politsiya mojaro sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)