NATOning radiolokatsiya josusligi bilan shug‘ullanuvchi AWACS E-3A samolyoti Estoniya mudofaa kuchlarining Emaridagi aviabazasiga keltirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“AWACS samolyotlarining Boltiq dengizi mintaqasidagi muntazam parvozlari alyans tomonidan Yevropada xavfsizlik bo‘yicha sharoitlar o‘zgarishiga javoban 2014-yilda ishga tushirilgan yirik dasturning bir qismi hisoblanadi”, — deya ta’kidladi Estoniya harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, polkovnik Yaak Tarien.
Tarien E-3A samolyotlarining Estoniya, Latviya va Litva havo zarbalaridan himoya tizimlari bilan hamkorlikdagi rejali parvozlarini NATO havo va raketa mudofaasi tizimining muhim qismi, shuningdek, “Boltiq davlatlari havo hududi mustaqilligining kafolati” deb atadi.
Izoh (0)