Yaman poytaxti Sanoda dafn marosimiga uyushtirilgan hujumda 213 kishi halok bo‘ldi. Yana bir necha yuz kishi jarohat oldi. Bu haqda, “Al-Mayadin” telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat ichki ishlar vaziri otasining dafn marosimi Sanoda 8-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan. Hujum oqibatida ko‘plab mansabdorlar, jumladan, poytaxt hokimi Abdulqodir Hilol halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Dastlab Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi dafn marosimiga aviazarba bergani ma’lum qilingandi. Biroq koalitsiya vakillari hujumga aloqador ekanligini inkor etdi.
Izoh (0)