AQShda terrorizmda gumon qilinayotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan maxfiy turmalarda qiynoqlarga duchor qilingani uchun o‘nlab kishilar jiddiy ruhiy kasalliklardan azob chekmoqda, deb yozadi “TASS” The New York Times gazetasiga tayanib.
Nashr ixtiyoriga ilgari e’lon qilinmagan hujjatlar, shuningdek, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Guantanamoda joylashgan bazasidagi maxsus qamoqxona va Markaziy razvedka boshqarmasining turli mamlakatlardagi axloq tuzatish muassasalari sobiq mahbuslarining salomatligi haqidagi ma’lumotlar kelib tushgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, mahbuslarni, xususan, do‘pposlashgan, uyqudan mahrum etishgan, qo‘rqitishgan. Qiynoqlarga terrorchilar bilan bir qatorda, jinoyatlarda yanglish gumonlanganlar ham duchor etilgan.
Nashr qayd etishicha, ushbu usullarga AQSh hukumati tomonidan ruxsat etilgan. Shu bilan birga, amerikalik mansabdorlar va razvedka xodimlari qiynoqlar ruhiyatga uzoq muddatli zarar yetkazadi deb o‘ylamagan.
So‘roq qilishning mazkur usullari oxir-oqibat Barak Obama tomonidan bekor qilindi. Shu yilning iyunida u Vashington qiynoqlarni qo‘llash amaliyotiga hech qachon qaytmasligi kerakligini aytdi.
Izoh (0)