8-oktabr, shanba kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga qaraganda, ovoz berishda 3,5 milliondan ortiq ro‘yxatga olingan fuqaro ishtirok eta oladi. Ular 150 deputatni saylaydi, shulardan 77 nafari partiya ro‘yxatlaridan, 73 nafari esa bir mandatli okruglardan saylanadi.
Mandatlar uchun olti saylov bloki va 19 partiya kurashadi.
Mamlakat bo‘ylab 3703 saylov uchastkasi ochilgan. Chet eldagi gruziyaliklar 40 mamlakatdagi konsulliklar qoshida ochilgan uchastkalarda ovoz berishi mumkin.
Gruziyadagi parlament saylovlari bilan bir paytda Ajariya muxtor respublikasi Oliy kengashi saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)