Barak Obama AQSh Suriya, jumladan, Aleppodagi vaziyatni harbiy uslublar bilan bartaraf etishi mumkin deb hisoblamaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest 6-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident Aleppoda vaziyatni yo‘lga solish uchun Bashar Asad tuzumiga qarshi harbiy harakatlar o‘tkazilishi vazifalarimiz bajarilishi va zo‘ravonlik darajasi pasayishiga olib kelmasligi haqida batafsil gapirdi. Biz milliy manfaatlarimizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan ko‘plab oqibatlarga duch kelishimiz aniqroq”, — deya ta’kidladi Ernest.
“Biron-bir variant istisno etilmasligi”ni ma’lum qilgan Oq uy matbuot kotibi Vashington shu bilan birga imkon boricha mojaroni bartaraf etish, keskinlikni yumshatishga intilayotganini bildirdi.
Izoh (0)