O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 5-oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
100 dan ortiq mamlakat, jumladan, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan “Farovonlik va tinchlik uchun sherikchilik” forumi ishtirokchilari 2017-2020-yilarda Afg‘oniston hukumatiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun ko‘mak, xususan, moliyaviy yordam berish masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)