Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk O‘zbekistonga keldi. Bu haqda bankning Toshkentdagi ofisi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily.
Tashrif doirasida Liliya Burunchuk O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida Burunchuk Jahon banki iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, biznes-muhitni yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 2030-yilga kelib daromadi o‘rtadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni maqsad qilgan O‘zbekistonning ishonchli sherigi bo‘lib qolishini tasdiqladi.
Shuningdek, mintaqaviy direktor O‘zbekistonga tashrifi davomida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan bir necha loyihaning amalga oshirilishi bilan tanishdi.
Izoh (0)