• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandning yangi tramvayi qaysi ko‘chalardan o‘tadi?

    O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi vaqtida viloyat markazida 2017-yil 21-martga qadar tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish haqida ko‘rsatma berdi.

    Foto: UZ24

    Siyobdan Sartepaga

    “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” ko‘rsatuvida ma’lum qilinishcha, Samarqand yangi tramvayning birinchi yo‘nalishi Siyob bozori va gavjum Sartepa (Sattepo) mavzesi oralig‘ida qatnaydi. Baxtga qarshi, yo‘l aynan qaysi ko‘chalardan o‘tishi haqida hozircha aniq axborot yo‘q, lekin taxmin qilish mumkin.

    Masalan, “Yandeks.Karti” xarita servisiga murojaat qilinsa, Siyob bozoridan Sartepa mavzesi (aniqrog‘i, Sartepa parki)gacha bo‘lgan 7,6 kilometrlik (avtomobilda 17 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘lgan) yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Google Maps xarita servisi esa bozordan mavzega avtomobilda nisbatan qulay yetib olish mumkin bo‘lgan uchta yo‘lni chizib ko‘rsatadi.

    Yo‘llardan biri bo‘lajak tramvay harakati uchun nisbatan maqbuldek ko‘rinadi: Imom al-Buxoriy ko‘chasidan yo‘lga chiqqan vagonlar Dahbed yo‘li orqali Registon ko‘chasiga chiqadi, Amir Temur haykali oldidagi aylanma yo‘ldan Bo‘stonsaroy ko‘chasiga buriladi, so‘ng Amir Temur ko‘chasiga chiqib, Turkiston ko‘chasi bilan chorrahaga qadar to‘g‘ri harakatlanadi — so‘ng Turkiston orqali Sartepa mavzesiga kirib keladi.

    Skrinshot: Google Maps

    Google Maps’ning ma’lumotiga ko‘ra, mazkur harakat yo‘nalishi uzunligi 8,6 kilometrga teng, uni avtomobilda 18—22 daqiqada bosib o‘tish mumkin. Qo‘shimchasiga, ko‘rsatib o‘tilgan yo‘lning Siyob bozoridan Amir Temur — Lutfiy ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan aksariyat qismida 1947—1973-yillarda tramvay ham harakatlangan.

    Qayd etish joiz, Facebook’dagi “Samarqand va samarqandliklar” guruhi a’zolaridan biri yangi tramvay Universitet xiyobonidan o‘tishini taxmin qilgan. Lekin bu taxmin haqiqatdan uzoqdek ko‘rinadi — tramvayning ushbu salqin ko‘cha bo‘ylab harakatlanishi uchun xiyobondagi ko‘p yillik daraxtlarni kesishga to‘g‘ri keladi.

    Samarqandning eski tramvayi qaysi ko‘chalardan o‘tardi?

    Samarqandda 1947—1973-yillar oralig‘ida faoliyat ko‘rsatgan eski tramvay atigi bitta yo‘nalishdan iborat edi, u “Shahar temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” qatnovi bo‘ylab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.

    Xarita: “Uz-Electro.narod.ru”
    “O‘zbekiston elektrotransporti” sayti ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandning eski tramvayi qurilishi rejalashtirilayotgan va shahar janubi tomon intiladigan bo‘lajak yo‘nalishning aksi bo‘lgan.

    Sovet davrida ingliz tilida chiqarilgan Samarqand tramvayi yo‘nalish chizmasi (qora chiziq — tramvay yo‘li).

    Sovet davrida ingliz tilida chiqarilgan Samarqand tramvayi yo‘nalish chizmasi (qora chiziq — tramvay yo‘li).
    Foto: “Transphoto.ru”

    U hozirgi Imom al-Buxoriy ko‘chasidan yo‘lga chiqib, Dahbed yo‘lidan ozgina yurib, so‘ng hozirgi Ko‘ksaroy maydoniga burilgan, u yerdan Amir Temur ko‘chasiga kirib borib, Lutfiy ko‘chasiga qadar to‘g‘ri harakatlangan, yakunda Lutfiy ko‘chasi orqali Mirzo Ulug‘bek va Beruniy ko‘chalariga chiqib, shahar shimolidagi vokzalga yetib borgan.

    Samarqandda qanday rusumdagi tramvaylar harakatlanadi?

    Katta ehtimol bilan, Toshkentdagi tramvay faoliyatining tugatilishi bilan keraksizga aylangan, biroq deyarli yangi — 2011—2013-yillarda Chexiyadan olib kelingan Vario LF tramvaylari endi samarqandlik yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi.

    Foto: UZ24

    “Vario”lardan tashqari, Toshkent tramvay parkining boshqa nisbatan yaxshi va soz holatdagi boshqa vagonlari ham Samarqandda paydo bo‘lishi mumkin.

    Samarqandda faqat bitta tramvay yo‘nalishi bo‘ladimi?

    O‘zAning yozishicha, Mirziyoyev bir emas, bir necha “zamonaviy tramvay liniyalari” haqida fikr bildirgan — kelajakda yo‘nalishlar soni ko‘payishi mumkin. Hozircha faqat bir narsa aniq — Samarqanddagi yangi tramvayning birinchi yo‘nalishi 2017-yilgi Navro‘z bayramida ochiladi.
    • Qayta tug‘ilish: Samarqand tramvayi tarixi

    • Foto: Samarqandning eski tramvayi

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    06.10.2016, 14:19   Izoh (0)   29065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi mintaqaviy direktori Rustam Azimov bilan uchrashdi

    06.10.2016, 12:45

    Sergeli tumanida 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

    06.10.2016, 12:19

    Qonunchilik palatasi Xalqaro mehnat tashkilotining 87-Konvensiyasini ratifikatsiya qilishni ko‘rib chiqishga kirishdi

    06.10.2016, 11:47

    Foto: Samarqandning eski tramvayi

    06.10.2016, 11:42

    Qayta tug‘ilish: Samarqand tramvayi tarixi

    06.10.2016, 11:19

    Markaziy saylov komissiyasi raisi YeXHT loyihalar koordinatori bilan uchrashdi

    06.10.2016, 11:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zukko tomoshabinlargina tushuna oladigan mashhur filmlardagi yashirin ishoralar

    Kino | 11 avgust, 21:55

    Hindiston Rossiyadan Su-57 va Amerikadan F-35 uchoqlarini sotib olishi mumkin

    Dunyo | 11 avgust, 21:45

    Avstraliya Falastinni tan olish niyatini e’lon qildi. Yangi Zelandiya esa ushbu masalani ko‘rib chiqmoqda

    Dunyo | 11 avgust, 21:35

    Yaponiya hukumati suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli uch million kishini evakuatsiya qilishga chaqirdi

    Dunyo | 11 avgust, 21:25

    Superliga. “Neftchi” “Nasaf” ustidan muhim g‘alabaga erishdi

    Sport | 11 avgust, 21:15

    Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:15

    “Rakurs” — Hamid Sodiq bilan. Oqsoq oliy ta’lim haqida ochiqchasiga gaplashamiz (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:06

    “MTRK binosidagi yagona lift ikki yildan beri ishlamaydi” — senator raisga so‘rov yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 20:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.