Rossiya Fanlar akademiyasining amaliy astronomiya instituti mutaxassislari Qrimning tektonik harakati (yarim orol joylashgan plitaning harakati) qit’adagi Rossiyaga yo‘nalganini aniqladi, deb yozadi “RBK” institut direktori Aleksandr Ipatovga tayanib.
Uning ta’kidlashicha, “bu bayonot hazilga o‘xshasa-da, aslida jiddiy tadqiqot natijasi hisoblanadi”.
Qrimdagi Simeiz aholi punktiga o‘rnatilgan uskuna yarim orolning yiliga 2,9 mm tezlikda shimoli-sharqqa qarab siljiyotganini qayd etgan. Qit’adagi Rossiya va Qrim o‘rtasidagi masofa Kerch bo‘g‘ozi bo‘yicha 4,6 kilometrni tashkil etadi. Shundan kelib chiqib, ushbu tezlik saqlanib qolgan taqdirda, tektonik plitalar 15,8 million yildan keyin birlashadi.
Izoh (0)