Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga nisbatan suiqasd tayyorlangani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
U Instagram’dagi akkauntidan Kavkaz_pravda yangiliklar blogining shu haqdagi postiga izoh qoldirdi. “Nima uchun men bundan bexabarman)))))”, — deb yozdi Checheniston rahbari.
Avvalroq Checheniston rahbarining matbuot kotibi Alvi Karimov shu yil yozda Ramzan Qodirovga go‘yoki suiqasd tayyorlangani haqidagi OAV xabarlarini rad etgan edi.
“Novaya gazeta” nashri Chechenistonning Nojay-Yurt tumanidagi Benoy qishlog‘ida, Ramzan Qodirov qarorgohida unga nisbatan suiqasd tayyorlangani, bu yerdan portlovchi qurilma, fitna ishtirokchilaridan esa ko‘plab qurol-aslaha musodara etilgani, bir necha o‘nlab kishilar qo‘lga olinganini bildirgandi.
Izoh (0)