Suriyaning Idlib viloyatida “Jabhat Fath ash-Shom” (sobiq “Jabhat an-Nusra”) guruhi qo‘mondonlaridan biri Abu al-Faraj al-Masri uchuvchisiz uchish qurilmasidan berilgan zarba natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda jangarilarga yaqin manbalarga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Manbalarga ko‘ra, al-Masri avtomobilda ketayotganida unga snaryad kelib tushgan. Bombardimon kim tomonidan amalga oshirilganiga aniqlik kiritilmadi.
Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi al-Masri bombardimon nishoni bo‘lganini bildirdi, biroq uning o‘ldirilganini tasdiqlay olmadi.
Izoh (0)