Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolidagi Qunduz shahriga bostirib kirgan “Tolibon” harakati jangarilariga qarshi operatsiya olib bormoqda, deb yozadi “TASS”.
Isyonchilar otryadlari Qunduzga to‘rt tomondan yopirilib kirib, hukumat kuchlari tomonidan shahar atrofiga o‘rnatilgan mudofaa halqasini buzishga muvaffaq bo‘ldi. Toliblar Qunduzning markaziy tumanlariga vaqtinchalik kirishga erishdi. Mahalliy rahbarlar, shu jumladan, gubernator va politsiya boshlig‘i shaharni tark etib, aeroport tomonga chiqib ketdi.
Kun oxirida xavfsizlik kuchlari Qunduz markazi ustidan nazoratni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Janglar gubernator qarorgohi, politsiya va maxsus xizmatlar shtab-kvartiralari atrofida olib borildi.
Izoh (0)