“Tolibon” harakati jangarilari shimoli-sharqdagi yirik shahar — Qunduzga qurolli hujum boshladi, deb yozadi “RBK”.
Qunduz politsiyasi bosh ofisi vakili ma’lum qilishicha, terrorchilar 3-oktabr kuni yarim tundan buyon to‘rt tomondan hujum boshlab, hududida janglar borayotgan shaharning ichiga kirdi.
Reuters muxbiri shaharda AK-47 vintovkasi, qurol-yarog‘ va granatomyotlar bilan qurollangan besh nafar tolibni ko‘rgan.
Qunduzga hujum toliblar Afg‘onistonning turli tumanlarida, shu jumladan, strategik muhim janubiy provinsiya — Gilmendda o‘z operatsiyalarini ishga tushirgan vaqtda sodir bo‘ldi.
Izoh (0)