Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 7-turida Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” Uelsda irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasiga keliboq mezbonlar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, uning yakuniga 6 daqiqa qolganida Milner “Liverpul”ni ochko yo‘qotishdan saqlab qoldi. Mazkur g‘alaba Klopp jamoasini turnir jadvalida 2-o‘ringa olib chiqdi.
Yaqindagina Roman Abramovich bilan birga tushlik qilgan Antonio Kontening “Chelsi”si ketma-ket uchta ochko yo‘qotilgan o‘yindan keyin zafar quchdi. Villian va Diyego Kostaning gollariga “Xall Siti”dan hech kim javob qaytara olmadi.
7-turni “Everton” va “Kristal Pelas” klublari o‘zaro durang bilan boshlab bergan bo‘lsa, 1-oktabr kunidagi qolgan bellashuvlarda g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Tur o‘yinlari 2-oktabr kunida davom etadi.
Angliya Premyer-Ligasi 7-tur bellashuvlari 1-oktabr, shanba
“Suonsi” — “Liverpul” 1:2
Gollar: Leroy Fer, 8 (1:0). Roberto Firmino, 54 (1:1). Jeyms Milner, 84-pen (1:2).“Vest Hem” — “Midlsbro” 1:1
Gollar: Kristian Stuani, 52 (0:1). Dmitri Paye, 57 (1:1).“Sanderlend” — “Vest Bromvich” 1:1
Gollar: Naser Shadli, 35 (0:1). Patrik van Anxolt, 83 (1:1).“Uotford” — “Bornmut” 2:2
Gollar: Kallum Uilson, 31 (0:1). Troy Dini, 50 (1:1). Joshua King, 63 (1:2). Isaak Saksess, 65 (2:2).“Xall Siti” — “Chelsi” 0:2
Gollar: Villian, 60 (0:1). Diyego Kosta, 67 (0:2).2-oktabr, yakshanba“Manchester Yunayted” — “Stok Siti”“Lester” — “Sautgempton”“Tottenhem” — “Lester”“Byornli” — “Arsenal”
Izoh (0)