Fransiya tegishli “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasining Rafale samolyotlari IShID marralariga zarba berishni boshladi. Bu haqda, Fransiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, ayni damda aviazarbalar Iroqning Mosul shahridagi IShIDning asosiy tayanch punkti joylashgan nuqtaga qaratilgan.
Operatsiyada 8 ta Rafale samolyotlari ishtirok etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)