Janubiy Koreya sohil qo‘riqlash xizmatining qo‘lga olishga urinishlari vaqtida Sariq dengizda xitoylik 3 nafar brakonyer halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hodisa huquq-tartibot xodimlari Janubiy Koreya hududiy suvlarida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarni qo‘lga olishga urinish chog‘ida yuz berdi. Xitoyning uch fuqarosi alangalanishdan so‘ng dimiqib o‘lgan”, — deyiladi telekanal xabarida.
Sohil qo‘riqlash xizmati xodimlari Xitoy kemasi bortiga yorug‘lik-tovush granatasi uloqtirgan va shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Kema ekipajining omon qolgan 14 a’zosi qo‘lga olingan va ular ko‘rsatma bermoqda.
Hodisa yuzasidan politsiya tekshiruv boshlagan. Seuldagi Xitoy elchixonasi voqea yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermadi.
Izoh (0)