OPEKga a’zo mamlakatlar neft qazib olishni qisqartirishni rejalashtirayotgan vaqtda, Rossiya o‘zining qazib olish hajmini amaldagi darajada saqlab qolish niyatida. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Barchasi kompaniyalarning rejalari va makroiqtisodiyotga bog‘liq. Biroq biz qazib olish hajmini erishilgan darajada saqlab qolishni mo‘ljallayapmiz, bu oldinroq ham muhokama etilgan. Jazoirdagi kelishuvlar OPEK davlatlarining oxirgi bir necha yil mobaynida ilk bor bir to‘xtamga kelishi va bozor uchun ijobiy signal”, — deya ta’kidladi vazir.
Ma’lumot uchun, Jazoirda 28-sentabr kuni OPEKga a’zo davlatlar neft qazib olish uchun sutkasiga 32,5—33 million barrel atrofida kvota o‘rnatish haqida kelishib oldi. Bu OPEK davlatlari avgust oyida qazib olgan 33,24 million barrel xomashyoga nisbatan kam.
Izoh (0)